
"Real"ning sobiq hujumchisi, hozirda "Al-Ittihod" sharafini himoya qilayotgan Karim Benzema Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o'yinni bevosita stadiondan kuzatadi.
Marca xabariga ko'ra, hujumchi "qaymoqranglilar"ni qo'llab-quvvatlash uchun o'yinga keladi. Uchrashuv 11 yanvar kuni Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) "Qirol Abdulla Sport Siti" stadionida bo'lib o'tadi. Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Real" Madridning "Atletiko" klubini mag'lub etgan bo'lsa (2:1), "Barselona" Bilbaoning "Atletik" klubini tor-mor etdi (5:0).
Eslatib o'tamiz, Karim Benzema 2009-2023 yillar davomida "Real" sharafini himoya qilgan. Umuman olganda, u Madrid klubi safida 648 ta o'yin o'tkazib, 354 ta gol urgan va 156 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Qaymoqranglilar" safidagi o'yinlari davomida frantsuz "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi.
O'qildi: 68505 - Fikirlar: 0





429