Kuni kecha bo'lib o'tgan "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yin muxlislarga kutilgan shiddatni bera olmadi. Ko'pchilik bu uchrashuvga "zerikarli" o'yin deya ta'rif berdi. Lekin xafa bo'lishga o'rin yo'q, oradan 3 hafta o'tib biz yana bir "el-klasiko"ga guvoh bo'lishimiz mumkin. Xabaringiz bor, Ispaniya superkubogi ilk marta o'zgacha formatda o'tkaziladi. Unda 4ta jamoa ishtirok etadi: Ispaniya chempioni ("Barselona"), Ispaniya kubogi g'olibi ("Valensiya"), La ligada 2-o'rin ("Atletiko") va 3-o'rin ("Real") sohiblari. Musobaqa 8-12 yanvar Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkaziladi. Tashlangan qur'a natijasida yarim finalda quyidagi jamoalar to'qnash kelishadi:
"Valensiya" - "Real Madrid" (8 yanvar)"Barselona" - "Atletiko" (9 yanvar)"Qirollik klubi" va "ko'k-anorranglilar" yarim finalda g'alaba qozonishsa, 12 yanvar kuni bo'ladigan finalda bizni "klasiko" kutmoqda! Bu galgi to'qnashuv g'olib jamoaga sovrin taqdim etadi.P.S. Bu safar "Real" finalga chiqadigan bo'lsa, raqibiga nisbatan 1 kun ko'proq dam olish imkoniyatiga ega bo'ladi. P.S.-2. Ushbu haftada La liganing 18-tur o'yinlari o'tkaziladi va shundan so'ng musobaqa 2 haftaga ta'tilgan chiqadi. 3-5 yanvar kunlari chempionatining 19-tur o'yinlari o'tkazilgach, Ispaniya superkubogi uchun Primeroda yana 2 haftalik tanaffus yuzaga keladi. P.S.-3. Ikkinchi davrada "Santyago Bernabeu"da o'tkaziladigan keyingi "el-klasiko" 1 mart kuniga belgilangan.
20-Dekabr 2019,11:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0