
Yakshanba kuni Kosta-Rikada bo'lib o'tgan afsonalar o'rtasidagi uchrashuvda "Barselona" "Real"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Antonio Nunes 24-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 27-daqiqada Guti jarima maydonchasi chetidan zarba yo'llab, madridliklarning ustunligini ikkitaga oshirdi.
"Real" afsonalari tarkibida quyidagilar maydonga tushdi: Kasilyas, Nunes, Pepe, Kongo, Balboa, Kampo, Guti, R. Bravo, Sans, de la Red, Makelele. Shuningdek, o'yinda Olalya, Agus, Kontreras, Barral va Moral ham ishtirok etdi.
"Barsa" afsonalari safida esa Bayya, Montoyya, Puyol, Valiente, Navarro, Mendeta, Krosas, Koku, Jyuli, Rivaldo va Ronaldino to'p surdi. Bundan tashqari, Angoy, Fontas, Okunovo, Rojer, Trasorras, Nolito va Saviola ham zaxiradan o'yinga qo'shildi.
O'qildi: 117235 - Fikirlar: 0





472