
Ispaniyada Madridning "Atletiko" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi Ispaniya Kubogi yarim finalining yaqinda bo'lib o'tgan o'yinini muhokama qilishda davom etishmoqda.
Kataloniyaliklar qarama-qarshilikka favorit sifatida etib kelishgan edi, biroq Madriddagi dastlabki o'yinda 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. "The Athletic" nashrining ma'lumotlariga ko'ra, yirik mag'lubiyatning ertasi kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda "Barselona" o'yinchilari murabbiy Xans-Diter Flik bilan uning taktikasi borasida o'z fikrlarini o'rtoqlashgan: futbolchilar ustozlaridan kuchli raqiblarga qarshi muhim o'yinlarda ko'proq pragmatik yondashuvdan foydalanishni so'rashgan. Shuningdek, suhbat davomida o'z futbolining asosiy tamoyillaridan voz kechmagan holda, "Atletiko" darajasidagi raqiblarga moslashish zarurligi haqida so'z borgan.
Yarim finalning javob uchrashuvi 3 mart kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.
O'qildi: 42600 - Fikirlar: 1





468