
Germaniyalik mutaxassis Xansi Flik "Jirona"ga qarshi bahsda imkoniyatni boy bergan "Barselona"ning navbatdagi mag'lubiyatiga izoh berdi. Amaldagi chempion 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi va Flikning fikricha, kataloniyaliklar himoyada juda yomon harakat qilishgan.
"Biz himoyada juda yomon o'ynadik, ayniqsa o'tish fazasida. Pozitsiya tanlashda xatolarga yo'l qo'ydik, ko'p adashdik. "Atletiko"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng hamma g'alaba qozonishni juda istagandi, lekin bugun yana omadimiz kelmadi. Hakamlik haqida gapirishni istamayman, hamma hammasini o'z ko'zi bilan ko'rdi", — deya Flikning so'zlarini keltiradi "Barselona" rasmiy sayti.
Ushbu muvaffaqiyatsizlik natijasida "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinni qo'ldan chiqardi.
O'qildi: 101200 - Fikirlar: 0





363