
"Barselona"da Pedrining nafaqat futbolchi, balki shaxs sifatidagi fazilatlaridan ham mamnunlar. "The Touchline" ma'lumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati 23 yoshli o'yinchining kamtarligi va vazmin hayot tarzidan hayratda qolgan.
Pedri mablag'larini hashamatli avtomobillar yoki qimmatbaho zargarlik buyumlariga sarflamaydi – u asosiy e'tiborini uzoq muddatli kapital yaratishga qaratgan. "Barselona" rahbariyati Pedrining ko'chmas mulk sohasidagi investitsiyalarini qo'llab-quvvatlamoqda: futbolchi butun Ispaniya bo'ylab mehmonxonalarni sotib olish va ta'mirlashga sarmoya kiritmoqda.
Pedri "Barselona" safida jami 227 ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan. Ushbu bahslarda yarim himoyachi 28 ta gol va 29 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Hozirda "Barselona" La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
O'qildi: 101133 - Fikirlar: 0





379