
«Barselona» qanot himoyachisi Jerar Martin qanday qilib mudofaa markazida o'ynay boshlagani haqida so'zlab berdi.
«Esimda, mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida Inigoda jarohat bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgandi. O'shanda Flik meni chap markaziy himoyachi pozitsiyasida sinab ko'rmoqchi ekanligini aytdi. Shundan beri u meni bu pozitsiyaga ishonch bilan tushiradigan bo'ldi. Joriy mavsumda u erda ko'plab o'yinlarni o'tkazdim», — deya Martinning so'zlarini keltiradi «Barça Universal».
Joriy mavsumda 23 yoshli ispaniyalik futbolchi barcha turnirlarda 34 marta maydonga tushdi, biroq birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi.
22 fevral kuni «Barselona» o'z maydonida «Levante»ni qabul qiladi. Ispaniya chempionatining 25-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.
O'qildi: 117955 - Fikirlar: 0





567