Bunday omadsiz natijalar ketma-ketligi Xansi Flikdan munosabat talab qilardi va u buni amalga oshirdi.
"Diario Sport" ma'lumotlariga ko'ra, nemis murabbiyi futbolchilarga ikki kunlik dam berdi: o'zi esa taktik mayda-chuydalarni qayta ko'rib chiqish va shtabi bilan muhokama qilish uchun vaqt ajratgan. O'yinchilar 19 fevral kuni mashg'ulot bazasiga qaytgach, avvalo Flik bilan suhbatga kirishishdi.
Nemis murabbiyi bir soat davomida "guruh terapiyasi" o'tkazib, futbolchilarga muvaffaqiyat olib kelgan taktik jihatlarga — masalan, yuqori intensivlikdagi yuqori pressingga yana qaytish kerakligini tushuntirishga uringan.
Flik bu suhbatga javobni shogirdlaridan yaqindagi "Levante"ga qarshi o'yinning o'zida ko'rishga umid qilmoqda.
"Barselona" – "Levante" uchrashuvi 22 fevral kuni 20:15 da boshlanadi.
O'qildi: 117955 - Fikirlar: 0





564