
"Barselona" prezidentligiga nomzod Joan Laporta Lionel Messining Kataloniya klubi rahbari lavozimiga bo'lajak saylovlardagi o'rni haqida gapirdi.
"Siz Messining nima deyishidan xavotirdasizmi? "Barselona" boshqaruvi a'zolariga yutuqlarimizni qanday tushuntirish haqida qayg'uryapman, aynan shuni mustahkamlamoqchimiz, jahon darajasidagi raqobatbardosh jamoani yaratmoqchimiz. Bizda "Spotifay Kamp Nou" kabi o'zini o'zi oqlaydigan loyiha bor, bizda murabbiy o'rindig'ida Flik, ofisda Deku bor...
Men Messining fikrini hurmat qilaman, lekin nima qilishimiz kerakligini bilaman", - deya Laportaning so'zlarini keltiradi Sport.es.
Kataloniya klubining yangi prezidenti saylovi 15 mart kuni bo'lib o'tadi, 1 iyuldan esa g'olib rasman o'z lavozimini egallaydi.
O'qildi: 117963 - Fikirlar: 0
O'qildi: 78903 - Fikirlar: 0





257