
Pedri va uning otasi Fernando Gonsales "Barselona"ga bo'lgan muhabbatlari haqida gapirib berdi.
Pedri:«Menga «Barselona» bilan shartnoma imzolayotganimni aytishganda, rostni aytsam, ishonmaganman. Juda ham xursand bo'lib, buni oilam bilan nishonlagandim».
«Barselona» safida to'p tepish bolaligimdagi eng katta orzum edi».
«Tug'ilganimdayoq menga «Barselona» libosini kiydirishgan. Bobom va otam ashaddiy «Barsachi» bo'lishgan, bu muhabbat menga ham ulardan o'tgan».
Tenerifedagi uyimizda hatto likopchalar ham «Barselona» uslubida, «SPORT» gazetasidan yig'ib olingan tovalarimiz ham bor edi. Oilam — chinakam «Barselona» muxlislari».
«Oilam hayotimdagi eng muhim narsadir. Ular menga hayot berishgan va doim yonimda bo'lishgan. «Barselona»da ishlarim yurishmagan paytda meni qo'llab-quvvatlashgan, hammasi yaxshi bo'lganida esa meni kamtarlikda tutib turishgan».
Fernando Gonsales (Pedrining otasi):
«Butun oilamizning «Barselona» muxlisiga aylanishiga otamning kuchli muhabbati sabab bo'lgan».
«Agar otam Pedrining «Barselona» safida erishayotgan yutuqlarini ko'rganida edi, buning uchun bor-budimni berishga tayyor bo'lardim».
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi 2019 yilda "Las-Palmas"dan 23 million evroga sotib olingan. U shu kunga qadar jamoa uchun 228 ta o'yinda 28 ta gol urib, 29 ta assist bergan.
O'qildi: 117964 - Fikirlar: 0
O'qildi: 78906 - Fikirlar: 0





209