
«Barselona» klubi o'zining bosh murabbiyini tabrikladi. Seshanba kuni Xans-Diter Flik 61 yoshini nishonlamoqda.
«Tug'ilgan kuningiz bilan! Barcha ezgu tilaklar sizga, Xansi!» — deyiladi Kataloniya klubining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida qoldirilgan xabarda.
Ma'lumki, Xans-Diter Flik 2024 yilning yozida «Barselona» jilovini o'z qo'liga olgan edi. Nemis mutaxassisi qo'l ostidagi ilk mavsumdayoq kataloniyaliklar ichki arenadagi barcha uchta sovrinni qo'lga kiritishdi, Chempionlar ligasida esa yarim finalgacha etib borishdi. 2025/2026 yilgi mavsumda «ko'k-anorranglilar» allaqachon Ispaniya Superkubogida g'olib chiqishga ulgurishdi.
«Barselona» o'zining navbatdagi uchrashuvini 28 fevral kuni o'z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi o'tkazadi.
O'qildi: 78907 - Fikirlar: 0





394