
«Barselona» himoyachisi Andreas Kristensen klubdan shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif oldi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Ikki yilga mo'ljallangan ushbu yangi kelishuv maoshning sezilarli darajada kamaytirilishini ko'zda tutadi. Daniyalik himoyachining amaldagi shartnomasi shu yozda o'z nihoyasiga etadi.
Avvalroq, «Barsa» tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lamlar jarohatini olgan futbolchini qo'llab-quvvatlash belgisi sifatida u bilan shartnomani uzaytirishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
Qayd etilishicha, futbolchining o'zi uchun «Barselona»da qolish ustuvor vazifa hisoblanadi. U va uning oilasi Kataloniya poytaxtida o'zlarini juda qulay his qilishmoqda, biroq Andreasga Evropaning ko'plab klublari va Saudiya Arabistoni jamoalaridan qiziqishlar bor. Kristensen o'z kelajagi haqida obdon o'ylab ko'rish uchun vaqt olmoqchi.
O'tgan mavsumda Kristensen axill payidagi muammolar tufayli atigi oltita o'yinda ishtirok etgan edi. Joriy mavsumda esa u maydonda 513 daqiqa harakat qildi.
O'qildi: 136478 - Fikirlar: 0
O'qildi: 52312 - Fikirlar: 0





369