
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa himoyachisi Joau Kanselu haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Joau Kanseluni taklif qilishga qaror qilganimizda, aynan mana shu jihatni — uning to'pni fantastik tarzda boshqarishi, yuqori darajadagi mahorati va sifatini inobatga olgan edik. Menimcha, u asosiy tarkibda maydonga tushgan ikkita o'yinda o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. Uning o'ziga bo'lgan ishonchi ortgani va har ikkala qanotda ham o'ynay olishi ko'rinib turibdi», — deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Barça Universal.
Qishki transfer oynasi vaqtida «Barselona» Kanseluni Saudiyaning «Al-Hilol» klubidan ijaraga olgan edi. «Ko'k-anorranglilar» tarkibida u barcha turnirlarda ettita uchrashuvda ishtirok etdi va o'z hisobiga ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
O'qildi: 136479 - Fikirlar: 0





308