
«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi o'yin arafasida 2025 yilning yozida ushbu ingliz klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«O'tgan yozda «Nyukasl» menga qiziqish bildirganmidi? O'sha paytda gazetalarda turli xil mish-mishlar ko'p edi, ammo «Nyukasl» vakillari men bilan bog'lanishmagan. Imkoniyat paydo bo'lishi bilan «Barselona»ga o'tishni xohlashimni darhol tushunganman», — deya darvozabonning so'zlarini keltiradi football-espana.net portali.
Bugun «Nyukasl» Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida «Barselona» bilan kuch sinashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Joan Garsiya o'tgan yozda «Jirona»dan Kataloniya klubiga ko'chib o'tgan edi.
O'qildi: 59934 - Fikirlar: 0
O'qildi: 58039 - Fikirlar: 0





369