
«Barselona» prezidentligiga nomzod Viktor Font kelajakda Erling Xolandni klubga jalb qilishga umid qilmoqda.
Kataloniya grandi rahbari uchun saylovlar 15 mart kuni bo'lib o'tadi, biroq jurnalist Karlos Monforning xabar berishicha, Font vakillari norvegiyalik yulduzning ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun allaqachon «Manchester Siti» rahbariyati bilan uchrashgan. Hozircha aniq muzokaralardan yiroq bo'linsa-da, Joan Laportaning raqibi Xoland jamoani tark etadigan taqdirda, «Barselona» hujumchi uchun ustuvor variant bo'lishiga harakat qilmoqda.
Erling Xolandning «shaharliklar» bilan shartnomasi 2034 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, Transfermarkt portalida uning narxi 200 million evro etib belgilangan. Shuningdek, 25 yoshli futbolchiga Madridning «Real» klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
O'qildi: 60292 - Fikirlar: 0
O'qildi: 59944 - Fikirlar: 0





326