"Foot Africa" ma'lumotlariga ko'ra, "Barselona" vakillari "Strasbur"ning 20 yoshli vingeri Jasim Yosinning atrofidagilar bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgan. Marokashlik futbolchi Evropa arenasida faqat yanvar oyida debyut qilgan bo'lsa-da, uning iqtidori allaqachon e'tiborni tortmoqda.
Xabar qilinishicha, futbolchining vakillari bilan ilk aloqalar o'rnatilgan va tomonlar yozgi transfer imkoniyatini baholamoqda. Kataloniya grandi tez harakat qilishga intilyapti, chunki Yosin mavsumni zo'r yakunlasa, uning narxi oshib ketishi va Premer-liga klublari qiziqishi paydo bo'lishi mumkin.
"Strasbur" hozircha o'zining yangi iqtidori bilan xayrlashishni istamayapti, ammo "Barselona"dan keladigan manfaatli taklif frantsuz klubi pozitsiyasini o'zgartirishi mumkin.
Agar muzokaralar yaxshi kechsa, Yosin bu yozning o'zida kataloniyaliklar safiga ko'chib o'tadi.
Qayd etish joiz, futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda atigi 7 ta o'yinda qatnashgan va hozircha na gol urgan, na golli pas bergan. Transfermarkt ayni paytda uning qiymatini 6 million evro deb baholamoqda.
O'qildi: 60292 - Fikirlar: 0
O'qildi: 59944 - Fikirlar: 0





325