
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan hujumchi Markus Reshfordni doimiy asosda sotib olishni talab qilmoqda. O'z navbatida, «ko'k-anorranglilar» sport direktori Deku unga muqobil variant sifatida «Chelsi» vingeri Pedru Netu nomzodini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda The Touchline nashri o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, germaniyalik mutaxassis Dekuga 28 yoshli ingliz futbolchisi hujumning chap qanotini kuchaytirish uchun asosiy variant ekanligini bildirgan. «Manchester Yunayted» bilan muzokaralar qiyin kechayotganiga qaramay, Flik jamoada Reshforddan boshqa hech kimni ko'rishni istamayapti.
Avvalroq OAVda «Barselona» hujumchini «Manchester Yunayted»dan 30 million evroga sotib olishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Reshford Kataloniya jamoasi safida barcha turnirlarda 38 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.





289