
TV3 telekanali "Barselona" sososlari (klub a'zolari) o'rtasida Lionel Messining klubga qaytishi borasida so'rovnoma o'tkazdi. Ushbu masala kecha bo'lib o'tgan "ko'k-anorranglilar" prezidenti saylovi kampaniyasi doirasida muhokama qilindi.
Saylovda g'alaba qozongan Joan Laporta va uning raqibi Viktor Font nomzodlarini qo'llab-quvvatlash haqidagi savollardan tashqari, ovoz berishda ishtirok etganlardan Messi haqida ham fikr so'ralgan.
TV3 so'rovnomasi natijalariga ko'ra:
10% so'rovda qatnashgan sososlar argentinalik yulduzning futbolchi sifatida qaytishini istaydi.
55,5% ishtirokchi (ko'pchilik) uning sharafiga xayrlashuv o'yini tashkil etilishini qo'llab-quvvatlagan.
28% respondentlar Messining faxriy prezident etib tayinlanishini afzal ko'rishini aytgan.
6% esa uning qaytishini umuman istamasligini bildirgan.





328