
«Pari Sen-Jermen» klubining 18 yoshli futbolchisi Dro Fernandes jamoadagi ilk golini kiritdi. Ispaniyalik futbolchi Liga 1 doirasidagi «Nitstsa»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushganidan so'ng tez orada raqib darvozasini ishg'ol qildi. Uchrashuv parijliklarning 4:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
«Birinchi golimni urganimdan juda xursandman. Men doimo bor kuchimni berishga va jamoaga yordam berishga harakat qilaman, men bunga tayyorman. G'alabamiz meni yanada ko'proq quvontirmoqda. Biz uch ochko olish qanchalik muhimligini bilardik va ajoyib o'yin ko'rsatdik.
Men aynan shunday lahzalar uchun shu erdaman — «PSJ»ga yordam berishim kerak. Juda mamnunman», – dedi yosh futbolchi klub kanaliga bergan intervyusida.
Dro Fernandes yanvar oyida «Barselona»dan «PSJ» safiga o'tgan edi.
O'qildi: 88215 - Fikirlar: 0





352