
«Barselona» sport direktori Deku qaysi futbolchining o'yini unda eng katta taassurot qoldirganini so'zlab berdi.
Portugaliyalik mutaxassis bu borada o'zining sobiq jamoadoshi — bundan ikki o'n yillik avval «ko'k-anorranglilar» safida to'rt yil davomida birga to'p surgan Ronaldinoni alohida e'tirof etdi.
«Men texnik jihatdan undan kuchliroq hech kimni ko'rmaganman. U odamni hayratga soladigan, nutqdan mahrum qiladigan ishlarni amalga oshirardi. Ronaldino bilan birga o'ynaganmanmi yoki unga qarshimi, u menda eng kuchli taassurot qoldirgan futbolchi bo'lib qoladi. U eng ko'p sovrin yurtgan o'yinchi emasdir, lekin aynan u eng yorqin futbol namoyish etardi», — deya Dekuning so'zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik va portugaliyalik yulduzlar 2008 yilning yozida, jamoa boshqaruviga Xosep Gvardiola kelgan vaqtda «Barsa»ni tark etishgan edi.
O'qildi: 133556 - Fikirlar: 0
O'qildi: 53381 - Fikirlar: 0





436