
«Real Madrid» Viktor Munosning «Barselona»ga o'tishiga yo'l qo'ymaydi. Agar kataloniyaliklar 22 yoshli vingerni sotib olishga harakat qilishsa, madridliklar darhol uning «Osasuna»dagi qayta sotib olish optsiyasini faollashtiradi. «Madrid» klubi bu borada allaqachon yakuniy qarorni qabul qilib bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, «qaymoqranglilar» o'z tarbiyalanuvchisini o'tgan yozda 6 million evro evaziga sotib yuborgan va futbolchiga bo'lgan huquqlarning 50 foizini o'zlarida saqlab qolgan edi. Bundan tashqari, «Real» Munosni shu yilning yozida 8 million, 2027 yil yozida 9 million, 2028 yil yozida esa 10 million evro evaziga qayta sotib olish huquqiga ega.
Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi hisobida 33 ta o'yin (2496 daqiqa), 6 ta gol va 5 ta golli uzatma mavjud.
O'qildi: 133569 - Fikirlar: 0





505