
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong faoliyatidagi eng qiyin raqib kim ekanligini aytdi. 28 yoshli niderlandiyalik futbolchi uzoq yillar davomida Madridning «Real» klubida to'p surgan, hozirda esa «Milan» sharafini himoya qilayotgan Luka Modrichni alohida qayd etdi.
«Eng qiyin raqibim? Luka Modrich», — deya de Yongning javobini keltiradi Managing Barca.
Shuningdek, 28 yoshli futbolchi jamoadoshlari orasida eng kam baholangan o'yinchini ham tanladi — bu o'tgan yilning oxirida faoliyatini yakunlagan sobiq chap qanot himoyachisi Jordi Alba bo'lib chiqdi.
Frenki de Yong 2019 yilning yozidan beri «Barsa» sharafini himoya qilib kelmoqda. Yaqinda u «ko'k-anorranglilar» safida o'zining 293-uchrashuvini o'tkazdi — bu niderlandiyalik futbolchilar orasida klub rekordi hisoblanadi.
O'qildi: 159539 - Fikirlar: 0
O'qildi: 49446 - Fikirlar: 0





342