
Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastonining «Barselona»ga o'tishi barbod bo'lishi mumkin. Turli manbalar 26 yoshli futbolchining «ko'k-anorranglilar» bilan oldindan kelishuvga erishgani haqida xabar bergan bo'lsa-da, «neradzurrilar» o'z yulduzini qo'yib yuborishni aslo istamayapti.
FcInterNews ma'lumotlariga ko'ra, «Inter» italiyalik futbolchi uchun 70 million evro talab qilishda davom etmoqda — «Barselona» esa bunday so'rovni qondirishga tayyor emas. Hatto kelishuvga kataloniyaliklarning bir necha futbolchisini qo'shish ham vaziyatni o'zgartirishi dargumon.
Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari Alessandro Bastonining qiymatini aynan 70 million evroga baholashmoqda. Markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
O'qildi: 159539 - Fikirlar: 0
O'qildi: 49446 - Fikirlar: 0





339