
«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi va murabbiyi Xavi Kataloniya klubidagi murabbiylik davri haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Xavi jamoani 2021 yildan 2024 yilgacha boshqargan bo'lib, uning qo'l ostida «Barselona» 2022/23 yilgi mavsumda Ispaniya chempioni bo'ldi va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi.
«Men juda faxrlanaman. Klub o'z tarixidagi eng og'ir davrni boshidan kechirayotgan edi. Biz jamoani raqobatbardosh qildik va ikkita sovrin yutdik. Biz o'zimizdan keyin hozirda jamoaning asosini tashkil etayotgan yosh futbolchilardan iborat meros qoldirdik.
Murabbiylik qilish o'ynashdan ko'ra ancha qiyin ekan. Men ishni davom ettira olishimni his qilgandim: Laporta bilan kelishib olgandik, biroq klubdagi kimdir bilan yuzaga kelgan shaxsiy muammo bizga xalaqit berdi.
Biz hozirda Flik ishlayotgan yaxshi poydevorni yaratgan edik. Men kelgan paytimda «Barselona»ning amaldagi prezidentidan ko'p narsa talab qilganman, ammo La Ligadagi g'alabadan so'ng mening kutishlarim pasaydi. Mening ilk murojaatim shunday bo'lgandi: men bu erga o'z egoimni qondirish uchun emas, balki yordam berish uchun kelganman», — dedi Xavi Romarioga bergan intervyusida.
O'qildi: 159548 - Fikirlar: 0





936