
«Barselona» klubi yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida ayrim futbolchilari bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, «ko'k-anorranglilar» o'z o'yinchilarini arzon garovga sotish niyatida emas va hech qanday chegirmalar qilishmaydi. Xususan, Alexandro Balde, Jyul Kunde va Ronald Arauxo kabi yuqori bozor qiymatiga ega bo'lgan futbolchilar bosh murabbiy Xans-Diter Flikning kelgusi rejalaridan o'rin olgan.
Klub rahbariyati ushbu o'yinchilarning harakatlaridan mamnun bo'lsa-da, agar manfaatli takliflar tushsa, ularni sotish imkoniyatini inkor etmayapti. Manbaning ta'kidlashicha, himoyachilar orasida jamoani tark etishi eng ehtimolli bo'lgan nomzod — Balde bo'lib turibdi. Uning boshlang'ich narxi taxminan 50 million evro etib belgilangan.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» ayni paytda Ispaniya La Ligasida 33-turdan so'ng 85 ochko bilan turnir jadvalida yakkapeshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar eng yaqin ta'qibchisi — Madridning «Real» klubidan 11 ochkoga o'zib ketgan.





988