
Madridning «Real» klubi rahbariyati kutilmagan va keskin qaror qabul qilish arafasida turibdi. Jurnalist Roman Molinaning xabar berishicha, jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa mavsum yakuniga etmasdan ishdan bo'shatilishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, agar «qaymoqranglilar» navbatdagi «Barselona»ga qarshi bahsda mag'lubiyatga uchrasa, Arbeloaning iste'fosi muqarrar bo'ladi. Vaholanki, avvalroq klub prezidenti Florentino Peres murabbiyga kamida yozgacha imkoniyat berishni rejalashtirgan edi.
Ta'kidlash joizki, «Real» uchun joriy mavsum omadsiz kechmoqda. Jamoa allaqachon Ispaniya kubogi va Chempionlar ligasini tark etib bo'lgan. La Ligada esa madridliklar peshqadam «Barselona»dan 11 ochkoga ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda borishmoqda. Ochkolar orasidagi bunday katta farq «qirollik klubi»ning chempionlik unvonini himoya qilish vazifasini deyarli imkonsiz qilib qo'ygan.





997