
Ispaniya OAVlari Madridning «Real» klubi himoyachisi Dani Karvaxal ishtirokidagi qiziqarli vaziyatga e'tibor qaratdi. Tajribali himoyachi «Betis»ga qarshi o'yinda zaxira o'rindig'ida o'tirib, o'z raqobatchisi Trent Aleksander-Arnoldning harakatlaridan ochiqchasiga noroziligini ifoda etgan.
The Touchline nashri tarqatgan videolavhalarda ko'rinishicha, o'yinning bir vaziyatida Trent hujumdan himoyaga qaytishda sustkashlikka yo'l qo'ygan. To'p aynan uning qanotida bo'lishi va raqib xavfli hujum uyushtirayotganiga qaramay, ingliz futbolchisi ortga qaytishga shoshilmagan. Bu holatni kuzatib turgan Karvaxal barmoqlari bilan Trentning «sekin yurishi»ni taqlid qilib ko'rsatgan.
Eslatib o'tamiz, «Real» juma kuni «Betis» bilan bahsda durang (1:1) o'ynab, muhim ochkolarni boy berdi. Ayni damda «qaymoqranglilar» turnir jadvalida peshqadam «Barselona»dan 11 ochkoga ortda qolmoqda.





431