
Ispaniya matbuoti «Barselona» hujumchisi Lamin Yamal yangi qiz bilan ishqiy munosabatlarni boshlagan bo'lishi mumkinligi haqida yozmoqda. Jurnalist Xavi Xoyosning ta'kidlashicha, futbolchi inflyuenser Ines Garsiya Santos bilan maxfiy uchrashuvga chiqqan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Yamal va Garsiya bir-birlariga obuna bo'lganliklarini payqab qolishdi, bu esa ishqiy munosabatlar haqidagi mish-mishlarning asosiy manbaiga aylandi. Shunga qaramay, Hoyos nashri blogerning yaqinlari ushbu mish-mishlarni inkor etganini ta'kidladi. Inesning «Barselona» o'yinlariga futbolchining sevgilisi sifatida tashrif buyurgani haqida hozirgacha rasmiy tasdiq mavjud emas.
Yamalning bundan oldingi qiz do'sti Niki Nikol bo'lib, ular o'tgan yili ajrashishgan edi.





517