
«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 35-turidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligi mumkin.Frantsiyaning Le Parisien nashrining yozishicha, Mbappening «el-klasiko»da ishtirok etishi katta so'roq ostida. U jahon chempionatiga to'liq tayyor holda borishni istamoqda va bu uning asosiy ustuvor vazifasi hisoblanadi.La Ligada «Real» hozirda «Barselona»dan 11 ochkoga ortda qolmoqda. Jamoalar o'zaro 10 maydan 11 mayga o'tar kechasi maydonga tushadi. Bu o'yindan oldin «Barselona» «Osasuna»ga qarshi, «Real» esa «Espanol»ga qarshi bahs olib boradi.2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Frantsiya terma jamoasi Mbappe boshchiligida guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiyaga qarshi o'ynaydi.
O'qildi: 50904 - Fikirlar: 0





479