
«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi bo'lajak «el klasiko» haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. «Ko'k-anorranglilar» yakshanba kuni o'z uylarida «qaymoqranglilarni» qabul qilishadi.
«Biz bosimni yaxshi engyapmiz, o'zimizni xotirjam his qilyapmiz. Nimalarga qodirligimizni bilamiz va titulni kafolatlash uchun bor kuchimizni ishga solamiz. O'z uyimizdagi «klasiko»da chempionlikni qo'lga kiritish ajoyib bo'lardi. «Real» har doimgidek tengma-teng kurashishga harakat qilishini kutyapmiz. Tomoshabinlar qiziqarli o'yin guvohi bo'lishadi. Natijaga erishish uchun o'zimizni yaxshi tomondan ko'rsatishimiz kerak. Bor kuchimizni beramiz», – dedi Kubarsi La Porteria nashriga bergan intervyusida.
Agar Xans-Diter Flik jamoasi madridliklar bilan bahsda mag'lub bo'lmasa, muddatidan oldin chempionga aylanadi.
O'qildi: 60565 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51141 - Fikirlar: 0





418