
«Barselona» himoyachisi Andreas Kristensen Madridning «Real» klubiga qarshi bahsgacha maydonga qaytishga shoshilmoqda. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.
Biroq, daniyalik futbolchining «el-klasiko»ga qadar safga qaytishi ehtimoli past deb baholanmoqda. Kristensen 29 apreldan beri mashg'ulot o'tkazayotgan bo'lsa-da, «Barselona» uning tizzasidan olgan jarohatidan so'ng ehtiyotkorlik choralarini ko'rmoqda. Hattoki himoyachiga tibbiy xodimlar tomonidan o'ynashga ruxsat berilgan taqdirda ham, uning «Real»ga qarshi bahsda maydonga tushishi amrimahol.
Kristensenning «Barselona»dagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Klub ancha oldin unga maoshi kamaytirilgan yangi shartnoma taklif qilgan, biroq futbolchi haligacha javob bermagan.
La Liganing 35-turi doirasidagi «Barselona» va «Real» o'rtasidagi to'qnashuv 10 may kuni bo'lib o'tadi.
O'qildi: 60565 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51141 - Fikirlar: 0





418