
«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon yozgi transfer oynasida faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Kataloniyaliklar 25 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Jurnalist Fernando Poloning xabar berishicha, ingliz futbolchisi «ko'k-anorranglilar» safiga qo'shilish istagida shunchalik qat'iyki, kelishuv amalga oshishi uchun o'z maoshining bir qismidan voz kechishga ham tayyor. Biroq transfer yo'lidagi asosiy to'siq — «Nyukasl»ning talabi. «Qarg'alar» o'z etakchisini 85 million evroga baholamoqda.
Gordonga da'vogarlar faqat «Barselona» emas: futbolchining transferiga «Bavariya» va «Liverpul» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, Entoni Gordon Tomas Tuxel boshchiligidagi Angliya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilgan. U yakunlangan mavsumda «Nyukasl» safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O'qildi: 65703 - Fikirlar: 0
460