Ispaniyaning "AS" nashri futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.Darvozaga SSSR va Moskvaning "Dinamo" klubi posboni Lev Yashin joylashtirildi. Bu jamoada Pele va Maradona bor. Shuningdek, "Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan ham eng kuchli futbolchilar qatoridan o'rin oldi. O'ynayotgan futbolchilardan esa faqatgina Lionel Messi ramziy jamoaga kiritildi. Krishtianu Ronalduga esa joy topilmadi.Futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilar terma jamoasi (4-4-2):Darvozabon: Lev Yashin (SSSR);Himoyachilar: Kafu (Braziliya), Bobbi Mur (Angliya), Frants Bekkenbauer (FRG), Paolo Maldini (Italiya);Yarim himoyachilar: Yoxan Kroyf (Gollandiya), Zinedin Zidan (Frantsiya), Diego Maradona (Argentina), Alfredo di Stefano (Argentina/Kolumbiya/Ispaniya);Hujumchilar: Lionel Messi (Argentina), Pele (Braziliya).
24-Dekabr 2019,21:10