
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Nyukasl» vingeri Entoni Gordonning transferini amalga oshirishda qat'iy turib oldi. «Ko'k-anorranglilar» shov-shuvli kelishuv shartlarini kelishib olishdi va futbolchi bugunning o'zida transferni yakunlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.
Jurnalist Xose Alvaresning xabar berishicha, Flik shaxsan klub rahbariyatidan angliyalik futbolchini sotib olishni so'ragan. Nemis mutaxassisi 25 yoshli futbolchining nafaqat o'yin uslubi, balki ruhiy xususiyatlaridan ham hayratda qolgan, chunki u jamoa hujumini yanada rang-barang qilishiga ishonadi.
Entoni Gordonning transfer summasi 70 milliondan 80 million evrogacha baholanmoqda. «Qarg'alar» yulduziga «Liverpul» va «Bavariya» klublari ham qiziqish bildirgan edi.
O'qildi: 65706 - Fikirlar: 0
445