
Markus Reshford joriy mavsum yakunida «Barselona»da qolmaydigan ko'rinadi. «Ko'k-anorranglilar» ingliz futbolchisini «Manchester Yunayted»dan ijaraga olgan edi, ammo xarid qilish huquqidan foydalanmaslikka qaror qildi.
Endilikda kataloniyalik grand «Nyukasl»dan Entoni Gordonni xarid qilishga yaqin turibdi, bu esa o'z navbatida Reshfordni yana ijaraga olish yoki uni to'liq transfer qilish imkoniyatini deyarli yo'qqa chiqaradi.
RAC1 ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona»da Gordon Xans-Diter Flik tizimiga ko'proq mos kelishiga ishonishadi – ayniqsa, pressing va himoyadagi hajmli ishlar borasida u Reshforddan ustun ko'rilmoqda. Markus Reshford faqat bir holatdagina «Barsa»ning rejalariga yana qaytishi mumkin: agar klub Robert Levandovskiga munosib o'rinbosar topa olmasa.
O'qildi: 65714 - Fikirlar: 0
1044