
Angliyalik sobiq hujumchi Maykl Ouenning hisoblashicha, Markus Reshford Londonning “Arsenal” klubiga mos kelgan bo'lardi. 28 yoshli vinger hali ham “Manchester Yunayted”ga tegishli, biroq u o'tgan mavsumni ijara asosida “Barselona”da o'tkazdi. Futbolchining yangi mavsumda qaerda o'ynashi hozircha noma'lum bo'lib qolmoqda.
“Martinelli va Trossard — juda yaxshi futbolchilar, ammo men uchun shunisi ayonki, ular o'z sport formasining cho'qqisida bo'lgan Reshford darajasiga eta olishmaydi. Shu yozda “Arsenal” ko'p futbolchilar bilan shartnoma imzolaydi deb o'ylamayman, lekin to'g'risini aytsam, Reshford varianti juda istiqbolli ko'rinmoqda. Katta ehtimol bilan u “Barselona”ga qaytishni afzal ko'radi, biroq u erga qaytmasa, kurashga boshqa klublar qo'shiladi — bu esa “Arsenal” uchun ajoyib imkoniyat bo'ladi”, — deya ingliz OAVlari Ouenning so'zlarini keltirmoqda.
Markus Reshfordning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
O'qildi: 74694 - Fikirlar: 0
353