
Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David Rayya jamoadoshi Joan Garsiya haqida nimalar deb o'ylashini aytib berdi. «Arsenal» va «Barselona» vakillari jahon chempionatida «qizil furiya»ning asosiy darvozaboni bo'lish uchun da'vogarlik qilishmoqda. Ikkala posbon ham ortda qolgan mavsumni o'z klublarida ajoyib tarzda o'tkazishdi.
«Garsiya bilan mart oyida terma jamoa ixtiyorida tanishganimizdan beri munosabatlarimiz juda yaxshi. U hamisha ijobiy kayfiyatda, ko'p mehnat qiladi. Juda universal darvozabon – ko'plab turli jihatlarda kuchli. Uning hissasisiz «Barselona» La Ligada bunchalik oson g'olib chiqmagan bo'lardi. Joan bilan birga shug'ullanish hamisha juda yoqimli», – deya ma'lum qildi Rayya Kabo-Verdega qarshi jahon chempionati o'yini oldidan.
Ispaniyaliklarning mundialdagi ilk uchrashuvi 15 iyun kuni bo'lib o'tadi.
576