
«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford «Aston Villa»ga qaytishi mumkin.
MatchDay Central nashrining xabariga ko'ra, «sherlar» forvardni yana ijaraga olishga qiziqish bildirmoqda. Biroq, «qizil iblislar» o'z futbolchisini oddiy ijaraga berishga zo'rga rozi bo'lishadi va katta ehtimol bilan o'yinchini majburiy sotib olish bandi kiritilmagan har qanday taklifni rad etishadi. «Aston Villa» hozircha Reshford bo'yicha rasmiy taklif yubormadi, ammo unga da'vogarlik qilayotgan asosiy klublardan biri bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Markus Reshford 2025 yilning fevralidan iyuniga qadar «Aston Villa»da ijara asosida to'p surgan edi. O'tgan mavsumda esa forvard «Barselona»da ijarada o'ynab, barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
298