«Manchester Yunayted» sobiq sardori va yarim himoyachisi Roy Kin Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresning boshqa klubga o‘tishi mumkinligi borasida fikr bildirdi.
«Transfer hamma uchun eng yaxshi tanlov bo‘ladimi? Alvares uchun shundaydir, lekin klub uchun emas, bu aniq. «Matraschilar» uni asosiy hujumchi sifatida o‘z saflariga qo‘shib olishgan, u uchun pul to‘lashgan va imkoniyat berishgan. Bu jamoada o‘ynar ekansan, hamma uchun nima yaxshiligini o‘zing hal qilolmaysan. Bu xudbinlikning namoyon bo‘lishidir», — deya irlandiyalikning so‘zlarini keltiradi AS.
Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida 26 yoshli argentinalik futbolchi 29 ta bahsda maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0