«Barselona» klubi Ispaniya chempionatining 19-turi doirasida «Espanol»ga qarshi bo'ladigan o'yin oldidan jarohatlangan futbolchilar haqida ma'lumot berdi.Davrozabon Mark-Andre ter Shtegen o'ng oyog'ining tizzasidagi muammo tufayli navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi. Uning maydon qaytish muddati futbolchining tiklanish sur'atiga bog'liq.Shuningdek, "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachisi Artur mushagidan olgan jarohatidan hali forig' bo'lib ulgurmadi. U yana 3 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Shuning uchun braziliyalik futbolchi Ispaniya superkubogini ham o'tkazib yuboradi.Ter Shtegenda yuzaga kelgan muammo tufayli 2 yanvarga qadar klub rahbariyatidan ijozat olgan jamoaning ikkinchi darvozaboni Neto "Barsa"ning mashg'ulotiga qaytdi. Ispaniyalik posbon muddatidan avval safga qaytdi.«Espanol»ga qarshi o'yin 4 yanvar kuni bo'lib o'tadi. 9 yanvar kuni esa «Barselona» Ispaniya superkubogining yarim finalida «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.
30-Dekabr 2019,18:50
Bla Arturdi orni bilinyapti sogliq tilaymz senga tezroq qayt
Javob
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0