Transfermarkt portali XXI asrning ikkinchi dekadasida Evropaning kuchli 10ta milliy chempionatlarida o'ynayotgan va o'z klubi safida urgan gollar bo'yicha eng yaxshi to'purarlar reytingini tuzib chiqdi. Unda milliy chempionatlar, mamlakat kuboklari, mamlakat superkubogi, evrokuboklar va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida kiritilgan to'plar inobatga olindi.Reytingning yuqori pog'onasini «Barselona» hujumchisi Lionel Messi egalladi. Argentinalik futbolchi bu vaqt oralig'ida o'z jamoasi safida 522ta o'yinda maydonga tushib, 521ta gol urgan.Ikkinchi o'rinni Krishtianu Ronaldu egalladi. Portugaliyalik futbolchining "Real" va "Yuventus"dagi gollari soni 477tani tashkil qildi (489ta o'yinda).Kuchli uchlikka Robert Levandovski kirdi. Polshalik futbolchi Dortmundning «Borussiya» va «Bavariya» safida 454ta o'yinda maydonga tushib, 324ta to'p kiritdi. Shuningdek, kuchli beshlikka Edinson Kavani (309ta gol) va Luis Suares (303) kirishdi.Eng yaxshi to'purarlar reytingi (top-20):
1-Yanvar 2020,18:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0