
Ushbu ruknimizga oid navbatdagi suratlarni taqdim etishda davom etamiz.
1986-yil. Aleks Fergusson o'zining "Manchester Yunayted"dagi ilk mashg'ulotini o'tkazmoqda.

1992-yil. "Manchester Yunayted"ga ulkan g'alabalar olib kelgan "klassik 92" a'zolar.

1962-yil. Donettskdagi markaziy stadionda uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

1950-yil. "Marakana" stadionida 199 878 muxlis Braziliya va Urugvay uchrashuvini tomosha qilmoqda. Bu ko'rsatgich hali-hamon rekordligicha saqlanib qolinmoqda.

1979-yil. 18 yoshdagi buyuk Maradona.

1863-yil. Futbol tarixidagi ilk to'p. Ayni damda Britaniyadagi muzeylardan birida saqlanmoqda.

1926-yil. APL doirasida "Manchester Yunayted" va "Arsenal" to'qnash kelmoqda.

Futbol bo'yicha o'tkazilgan JCh g'olibiga topshirilgan sovrin. Keyinchalik uni o'g'irlab ketishadi.

1947-yil. Manchester derbisi. Jamoa sardorlari do'stona qiyofada ko'ringani bilan, uchrashuv davomida hakam 4 bor qizil kartochka ko'rsatgan o'yindan esdalik.

Bundan 72 yil avval "Santiyago Bernabeo" stadioning ochilishi marosimi o'tkazilgan edi. Bu o'sha uchrashuvdan esdalik bo'lib qolgan kamyob suratlardan biri.
O'qildi: 16370 - Fikirlar: 0
Marakana




276