Simeone: "Barsa" - dunyoning eng kuchli jamoalaridan. Ammo, oxirigacha o'ynash kerak"

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Biz birinchi taymda himoyaviy o'ynagan holda, qarshi hujumlarga ko'proq urg'u bermoqchi edik, ammo raqibning bosimidan chiqib keta olmadik.
Ikkinchi taymni esa bizga kuch bag'ishlagan gol bilan boshladik, ammo raqib bunga hujumkor ruhda javob qaytardi. Ammo, Lorentening o'yinga chiqishi va Korreaning hujumga o'tishi bizga erkinroq o'ynashga yordam berdi.
Biz boshqa jamoaga aylandik. Agar biz hisobni qisqartira olsak, g'alaba qozonishimiz malum edi.
" Barselona" qolganlardan bir qadam oldinda. Bu dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biridir, ammo o'yinni oxirigacha o'ynash kerak. Biz bu erda bo'lishga haqli edik va buyog'iga yana bitta finalni o'tkazamiz",- deydi Simeone.
Eslatib o'tamiz, " Real" va "Atletiko" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi finali 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32246/+18)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)