Kike Setyen "Barselona" da biroz g'alati emasmi?
"Barselona" qishgi transfer oynasi ochilgan bir vaqtda Yevropada shov-shuv ko'tardi. O'z odatiga xilof ravishda qoniqarsiz natijalar va nursiz o'yinlardan so'ng bosh murabbiy Ernesto Valverdeni iste'foga chiqardi va klubga yangi bosh murabbiyni xech kutilmagan nomzodlar qatorida go'yo keyinroq, vaqti yoki joyi kelib qolganda o'qib ko'rarman deya bir chetga tashlab qo'yilgan kitob misolidagi variantlar ichidan ta'yinladi.
Ehtimol, hozirgi vaqtda Yevropa futbolida eng ko'p muhokama qilinayotgan mavzu bu Kike Setyen, katta klublar bilan ishlash tajribasiga ega bo'lmagan "Barselona"ning yangi bosh murabbiyi.
- Bu borada ko'plab salbiy va ijobiy fikrlar bor: kimdir xursand, kimdir murabbiyning salohiyatiga shubha bilan qaramoqda va yana kimdir o'z pozitsiyasini egallagan, kimdirlar esa ochiqchasiga Ernesto Valverde o'rnini top darajadagi murabbiy egallamaganligini aytmoqda.
Ko'k-anorranglilar raxbariyatining bosh murabbiy mavzusidagi bu yo'nalishini kutilmagan deb atash mumkin va vaziyat yuzasidan kelib chiqib Kike Setyen nomzodini bir xilda baholash qiyin bo'lsada buni xato deb atash mumkin emas. Ilgari hech qachon top-jamoalar bilan birga ishlamagan Seten "Barselona"ga nimani bera olishini bir taxlil qilib ko'rishga harakat qilaylik. Shu bilan birga, biz darhol ta'kidlaymiz: umumiy tendentsiya bilan bahslashish uchun hech qanday ma'no yo'q, bu kuchsiz va o'rta darajadagi jamoalar bilan ishlashga odatlangan mutaxassislar deyarli har doim top-klublarda ishlash nihoyatda qiyin ekanligini ta'kidlab kelishining o'zi yaqqol misol. Ammo muhokama qilinayotgan vaziyatda biz psixologiyaga emas, balki o'yin uslubiga e'tibor qaratamiz.
Shunday qilib, birinchi tomon: Setyen allaqachon 61 yoshda, U o'z faoliyatida hech narsaga erishmagan. Kichikroq klublarda ishlari yurishayotgan va katta klublarda o'zlarini sinab ko'rishi kerak bo'lgan kuchli murabbiyni ko'rishimiz mumkin va undaylar odatda tezda kichik bir klubdan katta jamoalarga olib ketiladi (misollar: Pochettino, Klopp).
Keling, vaziyatga yana bir nuqtadan qarab ko'ramiz: har qanday murabbiy va futbolchi deyarli har bir kishi yillar davomida rivojlanadi. Shu sababli, hayotning dastlabki bosqichlarida muvaffaqiyatning yo'qligi umuman biron narsaga erishishingiz va yetuk yoki hatto keksa yoshda tan olinishingiz mumkin degani emas. Aksincha, ko'p sohalarda to'plangan bilim va tajriba ko'pincha ma'lum bir yoshga yetganingizda nimanidir yaratishga imkon beradi. Vaqt o'tishi bilan Setyen, rejalashtirilgan va mashaqqatli mehnat tufayli, o'zining noyob tasavvuriga ega bo'ldi, uni ko'pchilik innovator deb atashadi. Kike "Barsa"da bosh murabbiy lavozimini egalladi, chunki uning o'yin falsafasi Kataloniya jamoasi istayotgan uslubga juda mos keladi va murabbiy buni oldin ishlagan klublaridaxam bajara olgan ish sifatida baxolanmoqda.
Endi navbat ikkinchi tomoga: "Barselona"da Valverde shakllantirib ketgan tizim tezkor to'p uzatmalar va vertikal futboldan anchayin uzoqlashib ketgan edi. Jamoaning to'pga egalik qilishi qisman saqlanib qolgan bo'lsada o'yin juda xotirjam va raqib kuchidan kelib chiqgan xolda tashkil etilar edi.
Biz bu yerda Setyenning kataloniyaliklar bilan birgalikdagi kelajagi nuqtai nazaridan ushbu ikki omil muammo bo'lib ko'rinmayotganini ta'kidlaymiz. Kontrpressing Betisda bo'lgan, ammo o'yinni qurishdagi asos bu bo'lmagan. To'pni boshqarish, shubhasiz, asosiy "jixat", ammo bu Setyen uchun tezlikni anglatmaydi. Betis o'yinchilaridan talab qilinadigan asosiy mahorat - bu pozitsiyani to'g'ri tanlash edi. Ha, bu omil harakat qilish va ochilish qobiliyati bilan bevosita bog'liq, ammo barcha qiziqishlar, bemalol pozitsion hujumlar paytida futbolchilarning bor imkoniyatlarini iloji boricha kuchaytirishga qaratilgan edi. Guardiola "Barselona"ga endi kelgan La Masiya yoshlariga birin ketin imkon bergan va ulardan o'zi uchun eng munosiblarini saralab olgan davrlarni eslatib yubormayabdimi ?
"Betis" bilan chinakam jiddiy muvaffaqiyatlarga erishish uchun alohida o'yinda emas, balki Setyen obyektiv sabablarga ko'ra ish tutolmadi. Masalan, Lo Chelso bilan boshlasak, u oq va yashil futbolkada juda yaxshi edi, lekin u "Betis"da o'ynagan paytidayoq ochilmadi va ba'zida u juda barqaror futbolchi emasdek ko'rinib qoladigan vaqtlarxam uchrab turar edi. Shunday qilib, muvaffaqiyatsizlikning birinchi sababi yuqori darajadagi ijrochilarning yetishmasligi. Umuman olganda, "Betis" o'yini hujumlarni qurishda maksimal darajadagi pozitsion joylashuv va yuqori darajadagi to'p nazorotidan foydalanish orqali ishlab chiqilgan. Boshqa jixatlar qatorida, birinchi navbatda, quyidagi ko'nikmalarga ehtiyoj bor edi: maydonda bo'sh joy topish va mohirlik bilan ochilish, to'pni qabul qilish paytida raqibning turgan joyi va raqibning himoya chizig'ini hisobga olgan holda, hujumdagi futbolchi uchun eng yaxshi daqiqani topib, xal qiluvchi pasni amalga oshira olish.
Coutinho_14
18-Yanvar 2020,15:57
18-Yanvar 2020,15:57
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30186/+18)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)