"Futbol TV" telekanali sharhlovchisi Xayrulla Hamidov o'zining telegramdagi kanali orqali bugungi ish rejasi bilan tanishtirib o'tdi. "20:00da "Futbol TV" kanalida "Fan-taym" ko'rsatuvi boshlanadi. Ko'rsatuv hafta o'yini — "Liverpul" va "Manchester Yunayted" muxlislari o'rtasidagi battl, qiziqarli o'yinlar va tesha tegmagan yangiliklar hech kimni befarq qoldirmaydi.Bilasizmi, millat jamoasi o'ynayotganda yurak urishi tezlashadi. Biz ham "Fan-taym"ni OLIMPIYa TERMA JAMOAMIZNING G'ALABASI bilan tabriklab boshlashni istayapmiz. Buyog'iga Evropa superklublarining benefisiga rohatlanib qaraymiz.21:30dagi o'yinni ham birgalikda kuzatamiz. Sherigim Hasan Turdialiev boshlab turadi, etib kelib davom ettiraman men.Uni ham olimpiyachilarimiz yarimfinali bilan boshlash nasib etsin. Omin! Ko'rishguncha!!!", — deya ma'lumot tarqatdi hamkasbimiz.Shuningdek, Xayrulla Hamidov bugun:18:30da "Ikkinchi o'nyillik..." ko'rsatuvida,19:35da Futbol studiyada,20:00da "Fan-taym"da va21:30da "Enfildda"gi o'yindaishlaydi.
19-Yanvar 2020,17:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0