"Barselona" yangi bosh murabbiyi Kike Seten o'zining debyut o'yinida "Granada"ni kichik hisobda mag'lub etdi. Ispaniyalik mutaxassis Yoxan Kroyf va Xosep Gvardiolaning muxlisi hisoblanadi. U o'zi ishlagan jamoalarda doimo "tiki-taka" uslubini joriy qilgan. "Barsa" uning dastlabki o'yinida qanday natija qayd etganiga e'tiboringizni qaratamiz.– Barselona 83% vaqt davomida to'pni nazorat qildi;– Kataloniyaliklar jami 1005ta uzatmani amalga oshirishdi. Ularning 92 foizi aniq bo'ldi;– Eng ko'p uzatmani Buskets amalga oshirdi — 142ta. Taqqoslash uchun: butun boshli "Granada" o'yin davomida bor-yo'g'i 130ta pas berdi.– "Barsa" raqibga o'z darvozasi tomon 1ta aniq zarba berishga imkon berdi. — "Ko'k-anorranglilar" butun maydon bo'ylab birtepar uslubdagi uzatmalar orqali to'pni nazorat qilishdi, raqibning har qanday pressingidan chiqib ketishdi. Shunday uslubdagi kombinatsiya orqali chiroyli gol urishdi. — Ammo "Barselona" golli vaziyatlarni ko'p yaratmadi. Yaratilgan vaziyatlarning barchasi Messining tashabbusi orqali yuzaga keltirildi. — Kike Seten 20 yoshli Riki Puchga imkoniyat berdi. Jamoa tarbiyalanuvchisi hisoblangan ushbu futbolchi ko'pchilikda ijobiy taassurot qoldirdi. Puch 71-daqiqada Rakitichning o'rniga zaxiradan tushdi va murabbiyning ishonchini oqladi. U raqibdan to'pni olib qo'yib, gol bilan yakunlangan hujumni boshlab berdi. Puch maydonda harakat qilgan 20 daqiqa davomida 39ta uzatma berishga muvaffaq bo'ldi. Bu orqali u "Granada"ning har qanday futbolchisidan (36) yaxshiroq natija qayd etdi.
21-Yanvar 2020,09:20
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0