"Bizda qurol bor: “Ibiza” murabbiyi Alfaro"Barsa"ni mag'lub etish usullarini aytib o'tdi
Chorshanba kuni "Kopa Del Rey"da "Barselona" ga qarshi to'qnashuv oldidan “Ibiza” bosh murabbiyi Pablo Alfaro "mavjud bo'shliqqa" qaramay, ularning muxolifatiga qanday zarba berishni bilishini aytdi.
-"Bizda qurol bor"
-"Biz raqibimizning juda kuchli ekanligini bilamiz. Qolaversa, ular bir necha kun oldin murabbiylarini almashtirishdi va futbolchilarning e'tiborlari juda katta bo'ladi.”
-"Biz kamtarlik va shijoat bilan chiqamiz. Biz ularga kuch, ishtiyoq va futbolni beramiz; bu bizning sehrli formulamiz",- deya tushuntirdi Alfaro.
Murabbiy "Barselona" bilan sun'iy maydonda to'qnash kelish imkoniyatidan foydalanmoqchi.
-"Odatda Segunda B-da biz uchun [sun'iy maydoncda o'ynash] noqulaylik tug'diradi, chunki bizning xususiyatlarimiz bilan to'pga ega bo'lishni va orqa tomondan o'ynashni yaxshi ko'radigan jamoamiz.”
-"Ammo bu holda "Barselona"ga qarshi o'yin bizga foyda keltiradi, chunki biz bunga ko'nikib qoldik va ularda unday emas. Biz kartalarimizdagi barcha ustunlikdan foydalanmoqchimiz va ulardan biri bizning stadionimiz", -deydi 50 yoshli murabbiy.
“Estadi Munisipal de Kan Misses”, “UD Ibiza”ning uy stadioni
Shuningdek, Ibizaga bo'lajak to'qnashuvda yordam beradigan bitta qoida mavjud. Kopa del Rey qoidalariga ko'ra, agar "Barsa" ning birinchi tarkib o'yinchisi maydondan chetlatilsa va maydonda kamida “B” jamoadan uchta o'yinchi bo'lsa, kataloniyaliklar qoidalarni buzganliklari uchun jazolanadilar. Bu avtomatik ravishda musobaqani tark etishiga oib kelishi mumkin.
"Barselona" 2019/2020 Kopa del Rey kampaniyasini 22-yanvar, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Ibiza shahrida safar o'yini bilan boshlaydi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32249/+15)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)