"Barselona" qishki transfer muddati paytida hujumchi sotib olish fikridan voz kechdi. Eslatib o'tamiz, jamoaning asosiy hujumchisi Luis Suares jarohat olib kamida may oyiga qadar safdan chiqqan."Ko'k-anorranglilar" yanvar oyi davomida hujumchilar — Moreno Rodrigo ("Valensiya"), Per-Emerik Obameyang ("Arsenal"), Dushan Tadich ("Ayaks) va Fransishku Trinkau ("Braga") bilan muzokara olib borishdi, ammo muvaffaqiyatga erisha olishmadi. «Barselona» «Beytszing Goan» hujumchisi Sedrik Bakambuni ijaraga olish borasida kelishuvga erishdi, ammo futbolchi Ispaniya tomon yo'lga chiqqanidan so'ng o'z qarorini bekor qildi."Qishda hujumchi sotib olmaslikka qaror qildik. Agar xarid qilinadigan futbolchi jamoa o'yinini kuchaytirmasa, bunday transferni amalga oshirishdan ma'no yo'q", — dedi "Barselona" direktori Gilermo Amor "AS" nashriga bergan intervyusida.
31-Yanvar 2020,15:20