Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida "Barselona" o'z uyida "Levante"ni qabul qilib, 3 ochkoni qo'lga kiritdi.Uchrashuvning 30 va 32-daqiqalarida Ansuman Fati ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. 17 yoshli futbolchining har ikkala goliga Messi assistentlik qildi. Shu tariqa, Fati La liga tarixida "dubl" qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. U bugun 17 yoshu 94 kunlik bo'ldi.Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Ruben Rochina olis masofadan zarba yo'llab, "Levante"ning bitta javob to'piga mualliflik qildi.Ushbu g'alabadan keyin "Barselona" o'z ochkolarini 46taga etkazdi va peshqadam "Real" bilan 3 ochkolik farqni saqlab qoldi.Ispaniya chempionati, 22-turBarselona – Levante 2:1 (2:0, 0:1)Gollar: 1:0 – 30 Fati, 2:0 – 31 Fati, 2:1 – 90+2 Rochina. Barselona – ter Stegen, Pike, Langle, Alba, Semedu, Rakitich, Buskets, de Yong (Artur, 80), Fati (Puch, 87), Messi, Grizmann (Serdji Roberto, 71).Levante – Fernandes, Tono, Postigo, Vezu, Miramon, Kampanya, Rochina, Melero (Ernani, 60), Vukchevich (Bardi, 80), Roxer Marti, Morales (Mayoral, 60).Ogohlantirishlar: Pike (65), Alba (65).
2-Fevral 2020,03:00