«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten La liganing 22-turi doirasida bo'lib o'tgan «Levante»ga qarshi o'yin (2:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. «Ko'p narsadan qoniqish hosil qildim, ammo barcha narsadan emas. Raqibning zarba berishiga ko'p imkoniyat berdik. Birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdik, ko'proq gol urishimiz mumkin edi.Ikkinchi bo'limda biroz o'yin nazoratini qo'ldan chiqardik va kerak bo'lmagan joyda gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda, jamoaviy mehnatimiz yaxshi bo'ldi.Raqiblarga ko'p imkoniyat berayotganimiz meni xavotirga solmoqda. Chunki bu bizni ko'p gol urishga majbur qiladi. Bizda imkoniyatlar ko'p bo'ldi. Bu o'yin 8:2 yoki 8:3 hisobida yakunlanishi mumkin edi.Fati rivojlanmoqda, uning salohiyati yuqori. U hammasini yaxshi bajarmoqda. Bugungi o'yin u uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi va jamoaga yordam berdi. Uning himoyadagi harakatlari biz uchun muhim bo'ldi», – dedi Seten.
3-Fevral 2020,07:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0